Литмир - Электронная Библиотека
A
A

Esimda, tadbirlardan birida Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari Ochilboy Jumaniyozovich Ramatov3 bilan uchrashib qoldik. Hozir nima ishlar bilan bandligimni soʻradi. OʻzMAAni boshqarayotganimni aytdim.

– Nima tashkilot edi u, eslatib yuboring? – soʻradi Ramatov.

OʻzMAA shu darajada bor-yoʻqligi bilinmaydigan, mudroq tashkilot boʻlganki, hatto Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari bu Agentlikni birdaniga eslolmadi. Tashkilot rahbarlari Vazirlar Mahkamasi yigʻilishlariga deyarli chaqirilmagan. Direktorini faqat «baxt maktubi» olib turgan gazetalarning muharrirlarigina tanigan – uni olib tashla, buni tahrir qil… Faqat bir marta, janob Tangriyev4 «maʼnaviyatga zarar yetkazganlar»ga (uning nazarida, albatta) qarshi OʻzA orqali ayovsiz kurash eʼlon qilganida, uning dongi hamma yoqqa tarqaldi.

Ammo mening oldimda turgan eng asosiy masala binoni taʼmirlash emas, Agentlik direktorining nufuzini koʻtarish edi, albatta. Xoʻp, buning uchun nima qilish kerak? Mansab guvohnomasini pesh qilib, atrofdan izzat-hurmat kutish befoyda. Yaxshisi, jang sanʼati qoidalarini qoʻllagan maʼqul. Birinchi navbatda asosiy raqibni, kim boshqalarga taʼsiri, soʻzini oʻtkazishini aniqlab, zararsizlantirish shart.

Xodimlarni attestatsiyadan oʻtkazib, bir kun ichida bir necha kishini ishdan boʻshatdim. Keyin butun jamoa oldida Monitoring markazi direktori Xurshid Mamatovni lavozimidan oldim. Aynan uning guruhi

Allamjonov aybdor - img_4.png
Allamjonov aybdor - img_5.png
Allamjonov aybdor - img_6.png
Yaxshiyamki, ishdan ketganimga achingan oddiy jurnalist va blogerlar himoya qilishgani, boʻlmasa bular meni yanchib tashlashga tayyor edi.

Monitoring markazi OʻzMAA ichidagi eng yopiq tuzilma boʻlib, hech qaysi direktor uning ostonasidan hatlab oʻtmagan. Bir kuni xonamdan chiqarkanman, begona kishining kotibimga surbetlarcha oʻshqirayotganini eshitib qoldim. Kotibiyatdagi yigitlar esa indamay turishibdi.

– Siz kimsiz? – soʻradim men.

– Men Monitoring markazidanman! – mensimay javob berdi u.

Ulardan hamma choʻchirdi, chunki oʻzlarini salkam butun olam xoʻjayinlaridek tutishardi.

– Chiqib keting bu yerdan! – aslida bundan qoʻpolroq gapirdim. – Kim boʻlibsiz, xodimlarimga doʻq uradigan?

Koʻrinishidan ziyoli va ogʻir-bosiq rahbardan bunaqa muomala kutmagan haligi kishi dovdirab qoldi. Indamay chiqdi-ketdi. Men oʻsha zahoti Monitoring markazidagilarni yigʻilishga chaqirdim.

Kirib borganimda, hammaning koʻzi menda, birov qiziqib, birov xavfsirab qarab turardi.

– Hozir sizlarga qiladigan yaxshiligim shuki, – dedim Markazning direktori va yana bir necha xodimga, – oʻz arizangizga koʻra ishdan boʻshataman va sizlarni xotiramdan oʻchirib tashlayman!

Monitoring markaziga shu paytgacha amalda hamma ishni yuritgan Dilnoza Ziyomuhammedova5 direktor boʻldi. Hozir u Prezident Administratsiyasi rahbarining oʻrinbosari. Fahm-farosatli, harakatchan oddiy xodimlarni direktor oʻrinbosarlari lavozimigacha koʻtardim. Muddat qoʻydim, yoʻl-yoʻriq koʻrsatib, hammani ishga solib yubordim.

Endi eng ulkan va boʻysunmas kit – «Oʻzbekiston» nashriyoti qoldi. Oʻsha, direktori «gapirsam, ertalabgacha oʻtiramiz», – degan nashriyot. Rostdan ham yangi vazirga aytadigan gaplari koʻp ekan – tipografiyadagi qoʻshib yozishlar, talon-tаroj, mulkni oʻzlashtirish holatlarining tarixi juda uzun, Ittifoq davriga borib taqalarkan. Hukumatning barcha doiralari bilan aloqalari zoʻr yoʻlga qoʻyilgan. Hatto qoʻshni davlatlar miqyosida ham. Oʻz-oʻzidan maʼlumki, hamma hujjatlari joyida.

«Oʻzbekiston» respublikaga vagonlab qogʻoz olib kiradigan nashriyot edi.

Ayrim faktlarni tahlil qilgan holda, katta ehtimol bilan davlat kursida olingan qogʻoz mamlakat ichida bozor narxida sotilganini taxmin qilish mumkin. Oʻrtada juda katta pul aylanardi. Shuning uchun nashriyot direktori meni rahbar sifatida tan olmadi, topshiriqlarimni bajarishni xayoliga ham keltirmadi. «Seriy kardinal» Mahmudjon Zaytaуev6 boʻlib chiqdi. Lavozimida ellik yildan beri oʻtirgan mansabparast, amaldor bu otaxon hech nimadan tap tortmasdi.

Tipografiya doim davlatdan katta buyurtmalar olib, darslik, kundalik va daftarlar chop etsa ham, davlatga foyda keltirmas, aksincha, zararga ishlardi. Aslida daromad kimlarningdir choʻntagiga tushar, tizimda mehnat qilayotgan 650 nafarga yaqin ishchi esa arzimagan maoshini ham vaqtida ololmasdi.

Ularning daromad topish yoʻllarini oʻrganib, «Qoyil!» deb yubordim. Qogʻoz salfetka-sochiqchalar va hojatxona qogʻozi ishlab chiqaruvchilarga oʻram-oʻram chiqindini ham pullashar ekan, shovvozlar! Tabiiyki, undan ham «otkat» – ulush olishgan. Xullas, hamma narsadan pul qilingan. Almisoqdan qolgan nashriyot uskunalari esa tez-tez ishdan chiqar, ularni yangilash va zamonaviy texnikani ishga tushirish zarur edi. Lekin ehtiyot qismlardan ham «otkat» olmasa boʻlmaydi.

Mening hisob-kitobimga koʻra, kimlarningdir choʻntagiga har yili millionlab dollar tushgan. Mamlakatdagi eng yirik nashriyot esa talon-tаroj qilingan, vayron boʻlgan. Lekin bu mening shaxsiy kuzatuv va xulosalarim. Men tergov olib boradigan, kimgadir ayblov qoʻyib, dalil qidiradigan prokuratura emasman. Ammo oʻz fikrimni aytishga haqqim bor, buni menga hech kim taqiqlay olmaydi.

Mayli.

Yangi yil arafasi. Ishchilarga mukofot puli tarqatilsin, deb topshiriq berdim. Korxonaning oʻzida katta sahna qurdik. Sherali Joʻraуev, Yulduz Usmonova kabi sanʼat yulduzlari, taniqli qoʻshiqchilarni taklif qildik.

Oʻziyam rosa qizdirishdi!

Konsertdan keyin, ziyofat oxirida soʻzga chiqdim.

– Kayfiyatlar qalay? – soʻradim yigʻilganlardan. – Nimaga baʼzilarning yuzida xursandchilik koʻrmayapman? Yangi yil bayram-ku? Mana, mukofot puli olgan boʻlishingiz kerak…

Oʻtirganlar orasida gʻala-gʻovur boshlandi. Qanaqa mukofot? Hech kim hech nima olgani yoʻq…

Rahbariyatning rangi oʻchib ketdi.

– Men OʻzMAA direktori sifatida oʻz majburiyatimni bajardim, xodimlarni mukofotlash haqida buyruq berdim. Lekin rahbarlaringiz buyruqni bajarmagan.

– Kechirasiz, hali ulgurmadik… – degan mujmal javoblar eshitildi.

– Agar berilgan topshiriqni bajarmasangiz, sizlarni ishdan olishga majbur boʻlaman, – bu gapni hammaning oldida, mikrofon orqali aytdim.

Ertasigayoq shoshilinch ravishda mukofot puli tarqatildi. Hech qanday protokol-u rasmiyatchilikka qarab oʻtirmasligimni bilib, hayiqishdi, shekilli. Hammaning oldida nimani oʻylasam, oʻshani gapiraman, ishdan shartta boʻshatishim mumkin, arizaga «oʻz xohishiga binoan…» degan yozuvni tirkab, imijimida choponni yelkaga tashlab ketish yoʻq.

Mukofotni vaqtida berish arzimagan masaladek koʻrinishi mumkin, lekin bu yangi rahbarning bir soʻzli ekanini isbotladi. Shundan keyin ishchilarning muammolarini oʻrgana boshladim. Oʻziga xos ochiq eshiklar marafonini eʼlon qildim. Istagan xodim kelib, dardini aytishi, savol yoki taklifini berishi mumkin edi. Ertalabdan boshlangan kirdi-chiqdi yarim kechagacha davom etardi. Toʻylar, maoshlar, taʼtillar, davolanish, ijtimoiy imtiyozlar, xat-hujjat – koʻrmagan masalamiz qolmadi.

Odamlarni ragʻbatlantirish uchun «Oʻzbekiston» nashriyotida ishlaydigan hamma xodimlarning maoshini yaxshigina koʻtardim.

Tipografiya xodimlarini esa ogohlantirdim: kim oʻgʻrilik qilsa, javobgarlikka tortiladi. Toʻgʻri, «otkat»lar bilan solishtirganda bu pul xamir uchidan patirdek edi. Kimlardir baribir eski hunarini qoʻymadi va ishdan boʻshatildi.

Darvoqe, direktorning ham oyligini oshirdim. Undan oldin xususiy bozorda eng zoʻr mutaxassislarning mehnati qanchaga baholanishini surishtirdim. Natijada, direktorning maoshi 2,5 milliondan deyarli 25 millionga chiqdi.

Oyligi rasman qancha ekanini aniqlaganimda, oʻrtamizda noxushroq suhbat boʻlib oʻtdi:

– Milliardlab pul aylanadigan, 650 kishilik jamoaga bosh-qosh rahbar bunaqa arzimagan oylikka ishlashi uchun yo ahmoq boʻlishi kerak, yoki oʻgʻri. Siz qaysi birisiz? – soʻradim kinoya bilan. – Shaxsan men qoʻl ostimda ikkala toifa ham ishlashini istamayman.

2
{"b":"726410","o":1}